Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi dasturi e’lon qilindi
O‘zbekiston Prezidenti 10−11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning aytishicha, davlat rahbari 10-11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif byuradi.
Asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tashrifning ikkinchi kunida Xo‘jand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga ilk bor Davlat tashrifi 2018 yil 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan edi. Tashrif davomida turli sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha 27 ta bitim imzolangan.
Mavzuga oid materiallar:
O‘zbekiston-Tojikiston: savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik istiqbollari
Izoh qoldirish