2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 198 ta davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
Tojikistonning O‘zbekiston tashqi savdosidagi ulushi: umumiy tovar aylanmasida – 1,2%, eksport – 2,5% va import – 0,4%ni tashkil etdi.
2023 yilda 2022 yilga nisbatan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 11,8%ga o‘sdi va 756,8 million dollarni tashkil etdi, shu jumladan eksport hajmi 15,9%ga oshib, 605,0 mln dollarni, import 1,8%ga kamayib, 151,8 mln dollarni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston O‘zbekiston bilan ijobiy savdo balansiga ega bo‘lgan davlatlardan biridir. 2023 yilda bu ko‘rsatkich Tojikiston bilan tovar ayirboshlashda 453,2 dollarni tashkil qilgan.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlashda 80% O‘zbekiston eksportiga to‘g‘ri keladi va o‘z hajmi bo‘yicha Tojikiston O‘zbekiston mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar orasida 7-o‘rinda turadi.
O‘zbekistonning Tojikistonga eksport qilinadigan asosiy tovarlari: sanoat mahsulotlari – 153,7 mln dollar, kimyo mahsulotlari – 90,0 mln dollar, yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash mahsulotlar – 74,5 mln dollar, oziq-ovqat mahsulotlari – 51,9 mln dollar, mashina va uskunalar – 45,6 mln dollar, tayyor mahsulotlar. – 35,6 mln dollar, nooziq-ovqat xomashyosi – 5,6 mln dollar, shuningdek, xizmatlar – 111,8 mln dollar.
Tojikistondan O‘zbekistonga import quyidagi mahsulotlar bilan ifodalanadi: sanoat tovarlari — 56,5 mln dollar, nooziq-ovqat xomashyosi — 47,6 mln dollar, yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash mahsulotlar — 19,7 mln dollar, oziq-ovqat mahsulotlari — 4,7 mln dollar; kimyo mahsulotlari – 3,3 mln dollar; mashina va uskunalar – 3,0 mln dollar, tayyor mahsulot – 1,3 mln dollar, xizmatlar – 5,4 mln dollar.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo 1996 yildagi hukumatlararo Erkin savdo bitimiga muvofiq, 2018 yilda imzolangan ushbu bitimga Erkin savdo rejimidan ozod qilish to‘g‘risidagi protokolda nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilgan holda erkin savdo rejimida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston va Tojikiston davlat rahbarlari yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish vazifasini ilgari surdilar.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish