2020 yilning noyabr oyidan boshlab mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat biroz bo‘lsa-da barqarorlashganligi munosabati bilan bosqichma-bosqich joriy etilgan karantin cheklovlar bekor qilinib, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyati tiklandi.
Konsert-tomosha tadbirlarini joriy yilning 28 yanvaridan boshlab sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda tashkil etishga ruxsat berildi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan konsert va tomosha tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha quyidagi talablar belgilandi:
- konsert saroylarining tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmagan holda tashkil etish;
- konsert saroylarining tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta’minlash va bu borada oraliq masofani saqlash uchun talab etiladigan o‘rindiqlarni konservatsiya qilish;
- konsert saroylariga tashrif buyuruvchi tomoshabin hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar qat’iy niqobda (maskada) bo‘lish.
Shuningdek, ushbu qaror bilan Respublika maxsus komissiyasining umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’yektlar tomonidan soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan davrida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar bekor qilinib, Vazirlar Mahkamasining “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’yektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 24 iyuldagi 624-son qarori talablari doirasida faoliyatni tashkil etilishiga ruxsat berildi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, hozirda dunyoning qator mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashuvi natijasida karantin hattoki ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyatini to‘xtatish kabi cheklovlar hamon davom etmoqda.
Izoh qoldirish