Onlayn auksion orqali bir haftada 7,1 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Onlayn auksion orqali bir haftada 7,1 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 24 – 27 mart kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 146,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 62,9% ga kam, deb xabar bermoqda O‘zRXTB axborot xizmati.

Bunda sotuvlarning:

  • 86,0% - birja savdolari;
  • 0,4% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari;
  • 13,0% - elektron davlat xaridlari;
  • 0,6% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 307,3 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 28,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 137 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 7,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 4,4% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 10,7% ikkinchi; 12,1% uchinchi; 13,6% to‘rtinchi; 19,3% beshinchi va 39,8% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 985,6 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 996,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 152 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 498,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 17 331,0 ming so‘mdan 15 939,6 ming so‘mgacha, ya’ni 8,0% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Paxta tolasi

O‘tgan haftada birja savdolarida 954,0 tonna paxta tolasi qo‘yildi va undan 795,0 tonnasi, ya’ni 83,3% qismi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 398,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 34 647,5 ming so‘mdan 34 303,1 ming so‘mgacha, ya’ni 1,0% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Polipropilen

Birjaning polipropilen bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolariga 1 400,0 tonna polipropilen qo‘yildi va uning deyarli barcha hajmi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polipropilenning barcha markasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 21 310,0 ming so‘mdan 20 791,0 ming so‘mga, ya’ni 2,0%ga pasaygan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar