Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif 36,1 foizga arzonlashtirildi

Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif 36,1 foizga arzonlashtirildi

AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif 36,1 foizga arzonlashtirilgani haqida ma’lum qildi:

«2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida aholi punktlarini Internet tarmog‘iga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali, keng polosali mobil aloqa qamrov darajasini 95 foizga yetkazish belgilandi.

Bugungi kunda Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etmoqda.

Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,1 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s. uchun 45,0 ming so‘mni (4,3 doll.) tashkil etdi».

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar