«O‘zavtosanoat» va «Sovkombank» hamkorlik shartnomasini imzoladi

«O‘zavtosanoat» va «Sovkombank» hamkorlik shartnomasini imzoladi

«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati va «Sovkombank» IChAJ (Rossiya Federatsiyasi) hamkorlik shartnomasini imzoladi, deb xabar bermoqda «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati.

Shartnoma predmeti UzAuto korxonalariga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etish, shu jumladan, kredit berish, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirish, hujjatli vositalarni taqdim etish va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni tashkil etish sohasida kompaniyalar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

Xamkorlik shartnomasi 2021 yil 5-7 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «INNOPROM» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida imzolandi. Shartnomani imzolash marosimida «O‘zavtosanoat» AJ Boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov va «Sovkombank» IChAJ Boshqaruv raisi Dmitriy Gusev ishtirok etdilar.

Tomonlar shuningdek, aylanma kapitalni moliyalashtirish, «O‘zavtosanoat» AJ tarkibidagi korxonalarni texnik qayta jihozlash va kompaniyaning investitsiya loyihalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik va biznez hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, hamkorlik bo‘sh pul mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha hamkorlikni birgalikda rivojlantirishni nazarda tutadi.

«Sovkombank «O‘zavtosanoat» AJ xolding kompaniyasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish tajribasiga ega. 2019 yilda bank xolding kompaniyasining tuzilmaviy korxonasi «UzAuto Motors» AJga sindikatlashtirilgan kredit berishda ishtirok etgan. Biz yangi shartnomani o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish sifatida qaraymiz», – deb ta’kidladi Sovkombank boshqaruv raisi Dmitriy Gusev.

Ma’lumot uchun: «Sovkombank» IChAJ korporativ va xususiy mijozlarga, moliya institutlari va institutsional investorlarga keng ko‘lamli bank, moliya va investitsiya mahsulotlari hamda xizmatlarini taqdim etuvchi Rossiya Federatsiyasining eng yirik xususiy moliya institularidan biri hisoblanadi. Bank ichki moliya bozorida kuchli mavqega ega bo‘lib, korporativ moliyalashtirish, jamoat qarz vositalarini chiqarish va aktivlarni boshqarishni tashkil etishda yetakchilardan biri hisoblanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar