«O‘zavtosanoat» Qirg‘iziston bilan bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

«O‘zavtosanoat» Qirg‘iziston bilan bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

«O‘zavtosanoat» AJ va Qirg‘iz Respublikasi Energetika va sanoat vazirligi Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar. Memorandum doirasida tomonlar Qirg‘izistonda yengil avtomobillar va tijorat texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etishda hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib oldi.

Memorandum Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «INNOPROM» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida imzolandi va marosimda «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov va Qirg‘iz Respublikasi Energetika va sanoat vaziri Kubanichbek Turdubayev ishtirok etdilar.

Qirg‘iziston tomoni O‘zbekiston avtomobil sanoatini yuksak baholadi va tomonlar Qirg‘iz Respublikasida transport vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Shu maqsadda hamkorlikning texnik, moliyaviy va boshqa jihatlarini o‘rganish uchun qo‘shma ishchi guruhini tuzish rejalashtirilmoqda.

Ushbu yo‘nalishni amalga oshirish Qirg‘iziston tomonga yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, YaIMda sanoat ulushini oshirish, eksport bozoriga chiqish va aholini xalqaro sifatdagi avtomobillar bilan ta’minlashga imkonini beradi.

Tomonlar davlatlararo savdo aloqalarini, shu jumladan, avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish va kengaytirishda umumiy manfaatlar va maqsadlarga ega. Bugungi kunda «O‘zavtosanoat» AJ Qirg‘izistonga avtomobil va tijorat texnikalarini eksport qilmoqda hamda bu ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qiziqish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga turtki bo‘ldi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar