O‘zbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, 10 yilga mo‘ljallangan nominali dollarda ko‘rsatilgan yevrobondlar chiqarish rejalashtirilmoqda. Qimmatli qog‘ozlarni bozorga chiqarishda O‘zbekiston Markaziy bankiga Citi, Gazprombank, JP Morgan, Societe Generale va VTB Kapital banklari lid-menedjerami va bukranner sifatida yordam berishadi.

Banklar investorlar bilan xalqaro konferens-qo‘ng‘iroq ilishni rejalashtirishgan. Shuningdek bir qator individual qo‘ng‘iroqlar qilish ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston potensial investorlar bilan milliy valyutada (so‘m) sarmoya kiritish masalasini ham muhokama qilishga kelishib olgan.

Eslatib o‘timiz, 2019 yilning boshida O‘zbekiston qiymati $1 milliard dollar bo‘lgan yevrobondlarni muvaffaqiyatli joylashtirgan edi. Bundan tashqari yaqinda O‘zbekiston Energetika kompaniyalari ham sarmoya jalb qilish maqsadida mustaqil ravishda qimmatli qog‘ozlar chiqarishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar