O‘zbekiston aholisi 2020 yilda 940 ming tonna ko‘mir sotiib olgan

O‘zbekiston aholisi 2020 yilda 940 ming tonna ko‘mir sotiib olgan

«O‘zbekko‘mir» AJ direktori o‘rinbosari Erkin Yoqubov AOKAdagi matbuot anjumanida 2020 yilda qancha ko‘mir ishlab chiqarilgan va mahsulotni sotish hajmi bo‘yicha ma’lumot berdi.

«O‘tgan yili kon ustini ochish ishlari 23,1 mln kub metr, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113 foizni tashkil qildi.

Ko‘mir qazib olish 3,9 mln tonnaga, ko‘mir yetkazib berish 4,2 mln tonnaga yetdi, jumladan:

▪️issiqlik elektr stansiyalariga — 2,8 mln tonna;
▪️aholiga — 940 ming tonna;
▪️ijtimoiy soha tashkilotlariga — 412,8 ming tonna;
▪️iqtisodiyotning real sektoriga — 87,4 ming tonna.

2020 yil davomida korxonada sanoat mahsulot ishlab chiqarish hajmi 791,9 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,3 foizni);

Mahsulot sotish hajmi 811,6 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 123,4 foizni);

Mahsulot tannarxini pasaytirish 70,5 mlrd so‘m (yoki 10,0 foiz)ni tashkil etdi», deydi Erkin Yoqubov.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar