O‘zbekiston Buyuk Britaniya bozoriga bojsiz kirish huquqiga ega bo‘ldi (+foto)

O‘zbekiston Buyuk Britaniya bozoriga bojsiz kirish huquqiga ega bo‘ldi (+foto)

2021 yil 22 noyabrda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning Kengaytirilgan Preferensiyalar bosh tizimiga (Kengaytirilgan GSP tizimi) qo‘shilishiga bag‘ishlangan press konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Qirolichaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha savdo komissari janob Kenan Poleo O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari uchun brifingda ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifi bilan keldi.

O‘zbekiston 2021 yil 1 noyabrda Buyuk Britaniyaning Kengaytirilgan GSP tizimi a’zoligiga har ikki hukumatning bor-yo‘g‘i 6 oy ichidagi qizg‘in sa’y-harakatlaridan so‘ng rasman qabul qilindi.

Kengaytirilgan GSP tizimi benefitsiari maqomi berilishining sabablaridan biri, O‘zbekiston inson huquqlari, mehnat standartlari, atrof-muhit va samarali boshqaruv sohasidagi 27 ta asosiy xalqaro konvensiyani muvaffaqiyatli ratifikatsiya qilgani bo‘ldi.

O‘zbekiston ushbu sxemaga qo‘shilgan birinchi davlat bo‘ldi va endilikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 7800 dan ortiq tovarlarga MUTLAQO import boj to‘lovi yo‘qligini inobatga olgan holda, ikkala davlat ham o‘zaro savdo aloqalarini kengaytirish niyatidan dalolat beradi.

Kengaytirilgan GSP tizimi O‘zbekistonga umumiy qiymati 437 milliard funt sterlingdan ortiq dunyoning beshinchi eng yirik iqtisodiyoti va dunyoning yetakchi xalqaro iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkonini beradi. Buyuk Britaniya uchun esa mintaqaviy markaz bo‘lib xizmat qiladigan va mintaqaning eng jadal o‘sayotgan va rivojlanayotgan bozoriga kirishni osonlashtiradi hamda O‘zbekistonning noyob to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa turli xil mahsulotlariga yo‘l ochadi.

“Buyuk Britaniya o‘sib borayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlar savdodan qashshoqlikni kamaytirish uchun vosita sifatida foydalanishini ta’minlashga intiladi. GSP Buyuk Britaniyaning dinamik bozoriga imtiyozli kirishni ta’minlash orqali bunda juda muhim rol o‘ynaydi. Bu, o‘z navbatida, aholisi yosh va jadal o‘sib borayotgan O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rag‘batlantirishga xizmat qiladi”, dedi jannob Kenan Poleo.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar