Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan insonparvarlik yordami Pokiston Islom Respublikasiga yetkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur tibbiy uskunalar, buyumlar va dori vositalari shaklidagi yuk Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan mamlakat Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Islomobodga olib borildi.
Tibbiy niqob, oyoq himoya vositalari, pirometrlar, kalsiy glyukonat, kalsiy xlorid, magniy sulfat, natriy xlorid, novokain kabi dorilar mavjud zaxiralar hisobidan yetkazib berilgan. Mahalliy korxonalar himoya ko‘zoynagi, tibbiy qo‘lqop, respirator va antiseptik vositalar taqdim etgan.
O‘z navbatida, O‘zbekiston ko‘rsatgan ko‘mak Pokiston jamoatchiligi tomonidan iliq qarshi olindi va ushbu mamlakat ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.
Izoh qoldirish