O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiya yetkazib beradi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiya yetkazib beradi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro elektr energiyasini yetkazib berishga kelishib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Energetika va sanoat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 2021 yil martdan oktyabrgacha va 2022 yil mart-aprel oylarida Qirg‘izistonga 750 million kilovatt-soatgacha elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Bunday chora-tadbirlar To‘qto‘g‘ul suv omborida suv to‘plash va uni 2021–2023 yillarda o‘sish mavsumida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga yetkazib berish maqsadida amalga oshiriladi.

Qirg‘iziston iyun-avgust oylarida xuddi shunday miqdordagi elektr energiyasini qaytarib beradi.

Avvalroq energetika vaziri Kubanichbek Turdubayev To‘qto‘g‘ul suv omboridagi suv sathi xavfli darajaga yetganini aytgandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar