O‘zbekiston Qirg‘izistonga gumanitar yordam bermoqda

O‘zbekiston Qirg‘izistonga gumanitar yordam bermoqda

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 15 noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasiga gumanitar yordam jo‘natildi. Jo‘natilgan yordam tarkibida quyidagilar joy olgan:

  • 100 ming dona qo‘lqop;
  • 10 ming dona himoya kiyimlari;
  • 100 ming dona niqoblar;
  • 1000 ta quti geparin vositasi;
  • 10 ming dona COVID-19 yuqtirishning oldini olish uchun to‘plam;
  • 10 ming dona testlar;5 ming dona quti remdesevir;
  • 4000 dona natriy xlor va boshqalar kirgan.

Bundan tashqari, ikkita modulli, yuqori texnologiyali kasalxonalar qurilishi boshlandi.

Yaqin kunlarda temir yo‘l orqali navbatdagi gumanitar yordamni yuborish rejalashtirilgan. Unda 400 maxsus shifoxona konteynerlari va 3000 tonna bug‘doy yuborilishi rejalashtirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar