O‘zbekiston Respublikasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da kuzatuvchi maqomini oldi. O‘zbekistondan tashqari Kubaga ham kuzatuvchi maqomi berildi.
Joriy yilning 11 dekabr kuniO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan sammitda kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Kuzatuvchi maqomi mamlakatga majlislarda ishtirok etish, millatlararo tartibga solishning integratsiyalashuv muammolarini muhokama qilish huquqini beradi. Kuzatuvchi mamlakatlar qaror qabul qilish huquqiga ega emasligiga qaramay, Yevrosiyo ittifoqi hamkor davlatlar uchun mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqiga (YeOII) a’zo bo‘lgan taqdirda mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga ta’siri bo‘yicha tadqiqot olib borilgan edi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning aksariyati YeOIIga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlagan.
Izoh qoldirish