Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda bemorlar salomatligini tiklashda nodavlat tibbiyot tashkilotlari imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida:
-
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishi asoratlarini kamaytirish, bemorlarga samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida davlat tibbiyot muassasalarida 5 mingdan ortiq o‘rin-joylar zaxirasi yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
-
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining (keyingi o‘rinlarda – Maxsus komissiya):
- nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shoshilinch profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilishini talab qiluvchi yuqumli kasalliklar qatoriga kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga, istisno tariqasida, 2020 yil 1 sentyabrga qadar tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat berish;
- nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni faqat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va nodavlat tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
-
Belgilansinki:
- koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, istisno tariqasida, tanlov (tender) o‘tkazmasdan aniqlanadi;
- nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
- ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan muddat Maxsus komissiya tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
-
O‘rnatilsinki, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zarurat yuzaga kelganda Maxsus komissiya qaroriga asosan koronavirus infeksiyasini aniqlashda nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan kelishilgan holda ularning laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalaniladi.
-
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
- nodavlat tibbiyot tashkilotlarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni tezkorlik bilan tuzish;
- nodavlat tibbiyot tashkilotlari tibbiyot xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda uni davolashning zamonaviy va samarali usullarini qo‘llash yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish;
- koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda nodavlat tibbiyot tashkilotlarining laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha Maxsus komissiyaga taklif kiritish;
- bemorlarni nodavlat tibbiyot tashkilotlariga joylashtirish va davolash natijalarining qat’iy hisobini yuritish;
- nodavlat tibbiyot tashkilotlarining xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini shaxsiy gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash;
- nodavlat tibbiyot tashkilotlari bino-inshootlarining dezinfeksiya vositalari bilan tizimli ravishda ishlov berilishini ta’minlash;
- dezinfeksiya tadbirlarini to‘liq amalga oshirish uchun yetarli miqdorda dezinfeksiya vositalari zaxirasini yaratish choralarini ko‘rsin.
-
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYoYeV
Toshkent shahri,
2020 yil 26 mart.
Izoh qoldirish