O‘zbekiston TURKPAga a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi

O‘zbekiston TURKPAga a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi

O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga (TURKPA) a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga tayanib Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Toshkentda Senat raisining o‘rinbosari TURKPA delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkiya parlamenti deputati Ismet Uchma boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya parlamentariylari ham tashrif buyurgan.

Tomonlar Turkiy davlatlar kengashi a’zolari va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikkitomonlama munosabatlar, shuningdek TURKPA va O‘zbekiston parlamenti o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgan.

Anadolu agentligining ma’lum qilishicha, Sodiq Safoyev O‘zbekistonda kelajakda TURKPAga qo‘shilish bo‘yicha qaror qabul qilgan.

TURKPA (2008 yilda tashkil etilgan) mamlakatlar parlamentlari o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga qaratilgan. Assambleya tomonidan qabul qilinadigan barcha qarorlar faqat tavsiyaviy xarakterga ega.

Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari TURKPA a’zolari hisoblanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar