Undan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tarixan yaqin va do‘stona aloqalarni, ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni har ikki mintaqaning barcha xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yo‘lida mustahkamlashdan iborat.
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bugungi konfrensiyadan ko‘zlangan maqsad va erishiladigan natijalar haqida o‘z fikrlarini bayon qildi:
“Bugun misilsiz bir anjuman bo‘lyapti. Tariximizda birinchi bor Markaziy Osiyoning yangi bir yo‘nalishini, ilgari har doim bizda G‘arb Shimolga bo‘ladigan bo‘lsa, bu yerda Janub va Sharqqa bo‘lgan proyeksiyani biz ko‘ryapmiz. Bu geosiyosiy nuqtai nazardan yangi bir dunyo qarashni o‘zida aks ettiradi.
Tarixan doimo Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo bir biri bilan chambarchas bog‘liq kelgan mintaqalar bo‘lgan. Bir-birini boyitib kelgan, bir-biriga nafaqat savdo, shu bilan birga g‘oyalarni ayirboshlash, hattoki davlatchilik ta’sir qilishini ham ko‘p misollarini bilamiz. Tarix taqozosi bilan aloqalar uzilib qolgandi.
Bugungi konfrensiya shu rishtalarni qaytadan tiklash, va yangi tarixiy sharoitlarni ikkita yirik mintaqani bir biri bilan bog‘lashdan iborrat. Bu shu mintaqalarda joylashgan davlatlarning bevosita manfaatlariga javob beradi. Va shuni ta’kidlash kerakki, hech bir yirik davlatlarning manfaatlariga zid emas, bu barcha yutadigan konfrensiya bo‘lyapti. Birinchi navbatda iqtisodiy aloqalarni, iqtisodiy aloqalar orqali tinchlikni barqarorlikni rivojlantirish. Chunki savdo bo‘lgan joyda odatda urush bo‘lmaydi. Ikkinchidan, insonlarning madaniy rishtalarini bog‘lash haqida ham gap ketyapti. Anjumanning natijasi sifatida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqalari orasidagi aloqalar yangi pog‘onaga ko‘tarilmoqda”, deydi Sodiq Safoyev.
Sodiq Safoyev bilan bo‘lgan suhbatni batafsil Review.uz telegram kanalida ko‘rishingiz mumkin.
Izoh qoldirish