O‘zbekistonda 2020 yilda inflyasiya - 11,1 %ni tashkil qildi

O‘zbekistonda 2020 yilda inflyasiya - 11,1 %ni tashkil qildi

O‘zbekistonda 2020 yilda iste’mol narxlarining yillik inflyasiyasi miqdori - 11,1 %ni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi.

Xususan, dekabr oyida iste’mol narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,6%ni tashkil qilgan. 2020 yil bo‘yicha iste’mol narxlarning o‘rtacha o‘sish sur’ati esa - 11,1 %ni tashkil qilgan. 019 yilda iste’mol narxlarining o‘rtacha o‘sishi - 15,2 %ni tashkil qilgan edi.

O‘tgan 2020 yilda iste’mol narxlari o‘sishida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi nisbatan kamaygan va 68%ni tashkil qilgan. Nooziq-ovqat mahsulotlar ulushi - 19,2% va xizmatlar ulushi - 12,8% bo‘lgan. 2019 yilda esa ushbu ko‘rsatgichlar - (85,7%), (10,1%) va (4,2%) bo‘lgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar