Eng ko‘p ko‘mir ishlab chiqarish yanvar-may oylariga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, 1 854,0 ming tonnani tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 291,7 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan.
O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan ko‘mir ishlab chiqarish hajmi 782,1 ming tonnaga oshgan yoki o‘sish sur’ati 151,8 foizni tashkil etgan.
Ko‘mir ishlab chiqarish 2021 yilning:
- yanvar oyida 287,7 ming tonna (o‘sish sur’ati 74,7 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 601,5 ming tonna (86,3 foiz);
- yanvar-mart oylarida 985,0 ming tonna (93,7 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 1 444,5 ming tonna (118,9 foiz);
- yanvar-may oylarida 1 854,0 ming tonna (135,7 foiz)ni tashkil etgan.
Izoh qoldirish