O‘tgan hafta davomida, ya’ni 29 noyabr – 3 dekabr kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 079,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 12,2% ga kamdir. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ axborot xizmati xabar qildi.
Bunda sotuvlarning:
- 82,4% - birja savdolari;
- 0,3% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari;
- 17,0% - elektron davlat xaridlari;
- 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 840,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 48,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 634 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:
- 6,4% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;
- 12,5% ikkinchi;
- 11,3% uchinchi;
- 12,7% to‘rtinchi;
- 19,4% beshinchi;
- 37,7% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 712,7 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Suyultirilgan gaz
O‘tgan haftada birja savdolariga 4 576,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ulardan 3 388,0 tonnasi, ya’ni 74,0% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 111 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 3 678,7 ming so‘mdan 3 493,7 ming so‘mga, ya’ni 5,0% ga pasaydi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 3 593,4 ming so‘mni tashkil etdi.
Ko‘mir
Birjaning ko‘mir bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 26 297,0 tonna ko‘mir qo‘yildi va ulardan 20 129,0 tonnasi, ya’ni 76,5% qismi sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘mir bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 323,7 ming so‘mdan 263,4 ming so‘mgacha, ya’ni 18,6%ga pasaygan.
Mis o‘ramasi
O‘tgan haftada birja savdolariga 158,0 tonna mis o‘ramasi qo‘yildi va ulardan 109,0 tonnasi, ya’ni 69,0% qismi sotildi. sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 22,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda mis o‘ramasining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 114 847,0 ming so‘mdan 110 469,0 ming so‘mgacha, ya’ni 3,8% ga pasayganini ta’kidlash lozim.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda mis o‘ramasining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 111 703,2 ming so‘mni tashkil etdi.
Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Izoh qoldirish