Birjada shakar, ko‘mir va paxta linti narxi pasaydi

Birjada shakar, ko‘mir va paxta linti narxi pasaydi

7 – 13 fevral kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 303,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 16,4% ga ko‘p. Bu haqda “O‘zRTXB” matbuot xizmati xabar qildi.

Bunda sotuvlarning 88,6% - birja savdolari; 0,1% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 10,9% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 707,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 43,9 mlrd. so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 530 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 7,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5,6% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 9,6% ikkinchi; 8,7% uchinchi; 11,9% to‘rtinchi; 23,2% beshinchi va 41,0% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 041,6 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 16 391,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 11 231,0 tonnasi, ya’ni 68,5% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 66 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 8 170,2 ming so‘mdan 8 118,4 ming so‘mgacha, ya’ni 0,6% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 8 196,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Ko‘mir

O‘tgan haftada birja savdolarida 15 658,0 tonna ko‘mir qo‘yildi va ulardan 10 259,0 tonnasi, ya’ni 65,5% qismi sotildi. Ko‘mirning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 052,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘mir bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 228,1 ming so‘mdan 224,7 ming so‘mgacha pasaydi.

Paxta linti

O‘tgan haftada birja savdolarida 2 048,0 tonna paxta linti sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 410,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda paxta lintining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 516,9 ming so‘mdan 3 500,7 ming so‘mgacha, ya’ni 22,5% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar