O‘zbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan

O‘zbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan

Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, bugungi kungacha O‘zbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan.

Ularning salkam 7 ming nafariga uyiga javob berilgan. Hozir vaqtda 2,3 ming nafar kishi karantinda ushlab turilibdi.

"Prezidentimiz xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olish bo‘yicha topshiriq bergan. Bu tez kunda sodir bo‘lishi mumkin. Biroq shuni aytish kerakki, bugungi kunda ham har bir qadamda Xitoy tajribasi inobatga olinmoqda", dedi Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar