Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 17 noyabr holatiga ko‘ra aholining iste’mol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksi ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun: indeks go‘sht va sut mahsulotlari (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (no‘xat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyog‘ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.
Yagona indeksini tuzishda, mamlakat aholisining iste’mol odatlarini tavsiflovchi og‘irliklar qo‘llanildi (ya’ni, aholi o‘rtasida ushbu mahsulot qancha ko‘p iste’mol qilinsa, uning og‘irligi shuncha yuqori bo‘ladi).
Natijada quyidagilar aniqlandi:
2020 yil 17 noyabr holatiga respublikada oziq-ovqat narxlari o‘tgan haftaga nisbatan o‘sish sur’ati +1,05% ni tashkil qildi (1-rasm).
1-rasm. Iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlar narxlarining o‘sish sur’ati dinamikasi (%)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi (DSQ) tezkor ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
O‘tgan hafta bilan taqqoslaganda tuxum, sabzi, loviya, mosh, guruch va parranda go‘shti kabi mahsulotlarning o‘rtacha narxi pasaydi (1-jadval).
Ma’lumot uchun: sabzi narxi o‘tgan haftaga nisbatan -2,0% tushib ketdi va 1 kilogram uchun 2023 so‘mni tashkil etdi. Guruch narxi -0,7% ga tushib, 1 kg uchun 9 960 so‘mni tashkil etdi. Mosh (-0,6%) va loviya (-0,4%) narxlari mos ravishda 11 354 so‘m va 11 354 so‘mga teng bo‘ldi. Tuxum narxi (10 dona) -0,3% ga tushib, 10 485 so‘mni tashkil qildi.
Bir hafta ichida mol go‘shti, un, kartoshka, shakar, sut kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi (1-jadval).
Ma’lumot uchun: mol go‘shti narxi (+0,2%) respublika bo‘yicha o‘rtacha 56 592 so‘mni tashkil etdi. Bug‘doy uni narxi 4 463 so‘mga teng bo‘ldi, o‘simlik yog‘i (+0,5%) narxi esa 1 litr uchun 13 573 so‘mni tashkil etdi. Kartoshka, shakar, sut kabi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida o‘tgan hafta bilan taqqoslaganda sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.
Pomidor (+8,1%) va bodring (+7,6% ) narxlari o‘tgan hafta bilan taqqoslaganda qimmatlashdi va 1 kilogramm uchun mos ravishda 7 509 so‘m va 10 931 so‘mni tashkil etdi.
1-jadval. 17 noyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘tgan haftaga nisbatan o‘sishi yoki pasayishi, (%)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi (DSQ) tezkor ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Izoh qoldirish