Multiindikator klaster kuzatuvi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Halqaro bolalar jamg‘armasi UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo‘lib, bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida ko‘p ko‘rsatkichli ma’lumotlarni yig‘adi, shu o‘rinda onalar va bolalar bo‘yicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik ma’lumotlar manbaasi hisoblandi.
O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi vakolatli davlat organi etib belgilangan. Bunda qo‘mita YuNISEF bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazishi natijasida mamlakatda onalar va bolalar turmush tarziga oid statistik ma’lumotlarni yangilashga va ularni xalqaro ma’lumot bazalarida aks ettirishga erishiladi.
MICS kuzatuvini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad aholining yashash sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma’lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma’lumotlarni mamlakatlar miqyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.
Indikatorlardagi asosiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishlarini yaxshiroq kuzatib borish hamda bolalar va ayollar masalalari bo‘yicha dasturlarni qabul qilish jarayonida, hukumat va boshqa hamkor tashkilotlarga yanada samarali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Kuzatuv jarayoni O‘zbekiston respublikasi bo‘yicha tanlab olingan 726 ta maxallada joylashgan 14520 ta uy xo‘jaliklarida, joylarga chiqilib respondetlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali planshetlarda elektron ko‘rinishda yig‘iladi.
Izoh qoldirish