Karmana tumanida umumiy quvvati 100 MVt ga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda. Ushbu quyosh fotoelektr stansiya joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, FES qurilishi loyihasi davlat-xususiy sherikligi asosida «Masdar» kompaniyasi (BAA) tomonidan qurilmoqda.
Stansiyasining ishga tushirilishi natijasida yiliga 260 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 76 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Ushbu 100 MVt elektr energiyasi o‘rtacha 5 ta tumanning iste’molini tashkil qiladi. Shuningdek, u qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) asosida faoliyat yurituvchi sanoat miqyosidagi ilk generatsiya qilinadigan elektr stansiyasi bo‘ladi.
Energetika vazirligi va “Phanes Group” xalqaro kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Nurota tumani hududida quyosh elektr stansiyasini (QES) qurish to‘g‘risida investitsiya shartnomasi imzolangani haqida ma’lum qilgan edik.
Izoh qoldirish