O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada 65 % tadbirkorlar talab o‘sishini kutmoqda

O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada 65 % tadbirkorlar talab o‘sishini kutmoqda

Umuman olganda, 2020 yil iyul oyida ishbilarmonlik muhiti, hozirgi holat va rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichlari o‘rtacha pasayishlarni ko‘rsatdi. Biroq, joriy ko‘rsatkichlar bu yil may oyi natijalaridan yuqori bo‘lib qolmoqda (1-rasm).

1-rasm. Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining dinamikasi, rivojlanish istiqbollari va hozirgi holati

Korxonalarni o‘rganish ikki yo‘nalishda olib borildi: biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning keyingi 2-3 oy ichida o‘z bizneslarini rivojlantish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.

Ishbilarmonlik muhitini baholash natijalari

Biznesning hozirgi holatdagi ko‘rsatkichi

Biznesning joriy holat ko‘rsatkichi o‘rtacha pasayishni ko‘rsatdi va o‘tgan oyga nisbatan 11 punktga pasaygan holda 19 punktni tashkil etdi, bu esa biznesning joriy holati bilan bog‘liq ishbilarmonlik kayfiyati o‘rta darajacha ijobiy ekanligini anglatadi (1-jadval).

1-Jadval. O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining ahamiyati

Davr

04/2020

05/2020

06/2020

07/2020

Hozirgi holat

26

15

30

19

Rivojlanish istiqbollari

43

30

74

68

Biznes iqlimi

35

22

51

42

So‘rov natijalariga ko‘ra, korxonalarning 30% i biznesning hozirgi holatini "yaxshi", 47% - "qoniqarli" va 23 % - "yomon"deb baholagan.

Tovarlarga / xizmatlarga talab "yaxshilandi", 32% korxonalar bu haqda xabar berishdi. Bundan tashqari, respondentlarning 32 % - "o‘zgarmadi", 32% - "yomonlashgan" deb javob berishgan. Shu o‘rinda, ishchilar soni 17 % korxonalar tomonidan - «o‘sdi», 68 % - «o‘zgarmadi», 15 % - «kamaydi» deb qayd etilgan.

Biznesni rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichi

Keyingi 2-3 oy ichida biznesning rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichi 68 punktni tashkil etdi, iyun oyiga nisbatan 6 punkitga pasaygan, bu tadbirkorlarning keyingi 2-3 oyda o‘z bizneslarini rivojlanish istiqbollariga nisbatan umidlari ijobiy ekanligidan dalolat beradi (1-jadval).

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, so‘rovda ishtirok etgan korxonalarning 68 foizi biznesni rivojlanish istiqbollarini "yaxshilanmoqda" deb baholagan, 29 foizi "o‘zgarmaydi" va faqat 3 foizi "yomonlashadi" deb taxmin qilishgan.

So‘rovnomada tovarlarga / xizmatlarga bo‘lgan talabni korxonalarning 65% - “Yaxshilanadi”, 30% - "O‘zgarmaydi", 5% - "Yomonlashadi", deb javob berishgan. Keyingi 2-3 oy ichida korxonalarning 53 % - ishchilar soninini "O‘sishi" kutilmoqda, deb qayd etgan bo‘lsa, 45 % - "O‘zgarmaydi", 2% - esa "Pasayadi", deb javob berishgan. So‘rovda qatnashgan korxonalarning 36% o‘z tovarlari / xizmatlari narxlarining «o‘sishini» kutmoqda, 61% - tovarlar / xizmatlar narxlari «o‘zgarmaydi» va faqat 3% «pasayadi» deb ishonadi.

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi 42 punktdan kamayganligini ko‘rsatgan holda 9 ballni tashkil etdi. Ya’ni mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti holati yaxshi deb baholanmoqda (1-jadval).

Mavjud holat ko‘rsatkichlari va istiqbollarni kutish o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida kelgusi 2-3 oy uchun mamlakatda iqtisodiy siklning bosqichlarini aniqlash mumkin (2-rasm).

2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy siklining bosqichlari

Shuni ta’kidlash kerakki, Rossiyada (-5) va Xitoyda (51,1) ishbilarmonlik muhitining o‘xshash ko‘rsatkichlarini baholash o‘tgan oyna nisbatan mos ravishda 1 va 0,2 % punktga o‘sdi; Turkiyada (101) 8,4 punktga va Janubiy Koreyada (57) 6 punktga ortishi kuzatildi.

Ilova

Ishbilarmonlik muhitini baholash uchta asosiy ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi:

Biznesning hozirgi holatini baholash. U "yaxshi" va "yomon" javoblar o‘rtasidagi farq sifatida umumiy tanlanganning foiziga qarab hisoblanadi. Hozirgi holatning qiymati -100 balldan (barcha respondentlar hozirgi holatni yomon deb baholaydi) 100 ballgacha (barcha respondentlar hozirgi holatni yaxshi deb baholaydilar);

Keyingi 2-3 oyda biznesni rivojlantirish istiqbollari. Ushbu "yaxshilanadi" va "yomonlashadi" degan javoblar o‘rtasidagi farq jami tanlanganlarga foiz sifatida hisoblanadi. Kutish qiymati -100 balldan (barcha respondentlar o‘z bizneslarining yanada yomonlashishi mumkinligin taxmin qilishmoqda) 100 ballgacha o‘zgaradilar (barcha respondentlar o‘z bizneslarining yanada yaxshilanishini kutishmoqdalar);

Ishbilarmonlik iqlimining qiymati joriy holat va biznes istiqbollarining o‘rtacha balans qiymatlari asosida hisoblanadi. Ishbilarmonlik iqlimining qiymati -100 ball (barcha respondentlar hozirgi ahvolni yomon deb baholadilar va biznesining yanada yomonlashishini kutmoqda) va 100 ball (barcha respondentlar hozirgi holatni yaxshi deb bilishadi va o‘z bizneslarida yanada yaxshilanishni kutishadi).

Mavjud holat ko‘rsatkichlari va istiqbollarni kutish o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida kelgusi 2-3 oy uchun mamlakatda iqtisodiy siklning bosqichlarini aniqlash mumkin (2-rasm).

Agar hozirgi holat va kutilayotgan har ikkala qiymat ham salbiy bo‘lsa, keyingi 2-3 oy ichida mamlakat iqtisodiyoti tanazzul holatida bo‘ladi.

Agar hozirgi holatning qiymati salbiy bo‘lsa, kutish qiymati ijobiy bo‘lsa, iqtisodiyot keyingi 2-3 oy ichida tiklanadi yoki jonlanadi.

Agar hozirgi holat va kutilgan natijalarning ikkalasi ham ijobiy bo‘lsa, keyingi 2-3 oy ichida iqtisodiyot jadal rivojlanishni boshdan kechiradi.

Agar hozirgi holatning qiymati ijobiy bo‘lsa, kutish qiymati esa salbiy bo‘lsa, keyingi 2-3 oy ichida iqtisodiyot o‘sishning pasayishi kuzatiladi.

Feruzbek Davletov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar