O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksining pasayishi qayd etildi

O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksining pasayishi qayd etildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil iyul oyida quyidagilarni tashkil etdi:

  • 2020 yil iyun oyiga nisbatan – 959 birlikni (pasayish – 4,1%);
  • 2019 yilning iyun oyiga nisbatan – 894 birlikni (pasayish – 10,6%).

O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralarining kuchaytirilishi, shuningdek ushbu choralarning 15 avgustgacha uzaytirilishi ishbilarmonlik faolligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.

Joriy yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi nafaqat o‘tgan oyga nisbatan, balki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ham pasayganligi kuzatildi.

1-rasm. 2020 yilning iyul oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 4,1 foizga kamaygan.

Komponentlar darajasida o‘zgarishlar bo‘lgan.

2020 yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 4,1 foizga pasayib, 959 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 7,8 foizga kamaygan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,0 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 0,7 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 62,4 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tgan oydagi kabi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.

2020 yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning 10 ta hududida o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (33,4%), Surxondaryo (28,9%), Samarqand (15,7%), Buxoro (12,6%) va Xorazm (10,9%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

Shu bilan birga, Andijon (6,0%), Sirdaryo (2,4%), Namangan (1,7%) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (3,7%) o‘tgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.

2-rasm. 2020 yil iyul oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2020 yil iyul oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 3 751,7 mingtani tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 319,0 ming tranzaksiyaga (7,8%) kamaygan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,3 foizga sezilarli darajada kamaygan.

Barcha hududlarda banklararo to‘lov operatsiyalari soni kamaygan.

2020 yil iyulda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan pasaygan. Xususan, sezilarli darajadagi pasayish v Buxoro (-14,7%), Qashqadaryo (-14,7%), Sirdaryo (-14,5%) va Navoiy (-14,2%) viloyatlarida kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2020 yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,007 birlikni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 0,7 foizga oshdi. Ushbu komponentning oshishi bitimlar sonining 25,5 foizga oshishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha jismoniy hajmi 24,1 foizga pasayib ketgan.

Iyul oyi natijalariga ko‘ra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 33 278 ta bitim imzolangan bo‘lib, iyun oyiga (26 525) nisbatan 6 753 ta bitmga (25,5 foizga) ko‘paygan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil iyul oyida 3 418,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 25,6 foizga pasaygan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2020 yil iyul oyida 1,0103 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,0 foizga oshgan.

2020 yil iyul oyida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga nisbatan 6 993 taga ko‘payib, 479 447 tani (2020 yilning iyun oyida 472 454 ta) tashkil etdi.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni 4 taga kamaygan.

Hisobot davrida kichik korxonalar soni 376 982 tagacha yetib, o‘tgan oyga nisbatan 6 624 taga oshgan. Fermer xo‘jaliklari soni 99 987 tadan 99 460 tagacha (373 taga) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 005 tani tashkil etib, 2020 yil iyun oyiga nisbatan 4 taga kamaygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2020 yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,3758 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 62,4 foizga kamayib ketgan. Joriy yilning iyul oyida yuridik shaxslar tomonidan 62 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

↑1334

↓0,8871

↑2,0000

↑1,0140

↓0,0000

Surxondaryo viloyati

↑1289

↓0,9061

↑1,8757

↑1,0094

↓0,0000

Samarqand viloyati

↑1157

↓0,9786

↑1,3836

↑1,0144

↑1,2500

Buxoro viloyati

↑1126

↓0,8529

↑1,4984

↑1,0154

↓0,1667

Xorazm viloyati

↑1109

↓0,9459

↑1,3921

↑1,0057

↓0,0000

Navoiy viloyati

↑1069

↓0,8585

↑1,3682

↑1,0063

↓0,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1032

↓0,8528

↑1,2807

↑1,0048

↓0,0000

Jizzax viloyati

↑1018

↓0,9862

↑1,1262

↑1,0121

↓0,0000

Farg‘ona viloyati

↑1010

↓0,8992

↑1,1027

↑1,0174

↑1,0000

Toshkent viloyati

↑1009

↓0,9488

↑1,1211

↑1,0117

↓0,1923

Namangan viloyati

↓983

↓0,9147

↑1,0252

↑1,0118

↑1,0000

Sirdaryo viloyati

↓976

↓0,8548

↑1,0627

↑1,0079

↑1,0000

Toshkent shahri

↓963

↓0,9375

↑1,0033

↑1,0077

↓0,3866

Andijon viloyati

↓940

↓0,8749

↑1,0037

↑1,0090

↓0,3333

Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

Toshkent shahri

↑1357

↓0,9937

↑1,8325

↑1,1820

↓0,5227

Navoiy viloyati

↑1342

↓0,6296

↑2,0000

↑1,4620

↓0,0000

Surxondaryo viloyati

↑1330

↓0,6451

↑2,0000

↑1,3839

↓0,0000

Xorazm viloyati

↑1297

↓0,6581

↑2,0000

↑1,2122

↓0,0000

Samarqand viloyati

↑1287

↓0,6888

↑1,4837

↑1,3734

↑5,0000

Toshkent viloyati

↑1274

↓0,5826

↑2,0000

↑1,1907

↓0,2778

Jizzax viloyati

↑1255

↓0,6184

↑1,8263

↑1,3990

↓0,0000

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

↑1196

↓0,6053

↑1,8120

↑1,1810

↓0,0000

Sirdaryo viloyati

↑1131

↓0,5753

↑1,5567

↑1,2567

↑1,0000

Namangan viloyati

↑1115

↓0,6597

↑1,5056

↑1,2343

↓0,3333

Buxoro viloyati

↑1074

↓0,5664

↑1,4198

↑1,2634

↑1,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1073

↓0,5784

↑1,5502

↑1,1384

↓0,0000

Farg‘ona viloyati

↑1062

↓0,6246

↑1,3965

↑1,2255

↓0,5000

Andijon viloyati

↓917

↓0,6225

↑1,0644

↑1,1078

↑1,0000

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar