Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil iyun oyida quyidagilarni tashkil etdi:
- 2020 yil may oyiga nisbatan – 1068 birlikni (o‘sish – 6,8%);
- 2019 yilning iyun oyiga nisbatan – 940 birlikni (pasayish – 6,0%).
Joriy yilning iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan mo‘tadil darajada oshdi. Iqtisodiyotda Ishbilarmonlik faolligi o‘tgan oydagi kabi o‘sishni davom ettirmoqda. Shu bilan birga IFI ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan past darajada qolmoqda.
1-rasm. 2020 yilning iyun oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 6,8 foizga oshgan
Komponentlar darajasida o‘zgarishlar bo‘lgan.
2020 yilning iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 6,8 foizga mo‘tadil ravishda o‘sib, 1068 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 0,4 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,8 foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 5,8 foizga kamaygan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 3,9 barobarga oshgan.
Hududlar kesimida Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.
2020 yil iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning 9 ta hududida o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (37,1%), Navoiy (35,0%), Toshkent (35,3%) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,4%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).
Shuningdek, Surxondaryo (16,8%), Xorazm (11,1%), Jizzax (9,6%), Qashqadaryo (9,0%) va Andijon (5,6%) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.
2-rasm. 2020 yil iyun oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2020 yil iyun oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 4 071,7 mingtani tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 15,9 ming tranzaksiyaga (0,4%) ko‘paygan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,6 foizga kamayish kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida koronavirus pandemiyasi hozirgi kunda ham tadbirkorlarning ishbilarmonlik faolligiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida Toshkent shahrida banklararo to‘lov operatsiyalari soni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.
2020 yil iyunda Toshkent shahri (+9,7%), Sirdaryo (+5,1%) va Samarqand (+2,6%) viloyatlaridan tashqari barcha hududlarda yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan pasaygan. Sezilarli darajadagi pasayish Jizzax (- 20,3%), Navoiy (- 15,1%), Surxondaryo (- 13,7%) va Xorazm (- 13,4%) viloyatlarida kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2020 yilning iyun oyida IFIning birja komponenti 0,942 birlikni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 5,8 foizga pasaydi. Ushbu komponentning pasayishi har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha jismoniy hajmining 21,7 foizga pasayganligi bilan bog‘liq.
Iyun oyi natijalariga ko‘ra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 26 525 ta bitim imzolangan bo‘lib, may oyiga (24 082) nisbatan 2 443 ta bitmga (10,1 foizga) ko‘paygan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil iyun oyida 4 591,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 37,8 foizga oshgan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2020 yil iyun oyida 1,0081 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,8 foizga oshgan.
2020 yil iyun oyida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga nisbatan 8 154 taga ko‘payib, 472 454 tani (2020 yilning may oyida 464 300 ta) tashkil etdi.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni 53 taga kamaygan.
Hisobot davrida kichik korxonalar soni 370 358 tagacha yetib, o‘tgan oyga nisbatan 7 775 taga oshgan. Fermer xo‘jaliklari soni 98 655 tadan 99 087 tagacha (432 taga) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 009 tani tashkil etib, 2020 yil may oyiga nisbatan 53 taga kamaygan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2020 yil iyun oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 3,9286 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 3,9 barobarga oshgan. Joriy yilning iyun oyida yuridik shaxslar tomonidan 165 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
Hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Hududlar |
IFI | Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent | Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent | Tovar belgilari bo‘yicha komponent |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1371 | ↓0,9889 | ↑2,0000 | ↑1,0212 | ↓0,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1350 | ↓0,8492 | ↑2,0000 | ↑1,0105 | ↑1,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1339 | ↓0,9724 | ↓0,9623 | ↑1,0151 | ↑13,0000 |
Toshkent shahri | ↑1164 | ↑1,0969 | ↑1,1130 | ↑1,0007 | ↑3,8387 |
Sirdaryo viloyati | ↑1126 | ↑1,0507 | ↑1,2721 | ↓0,9993 | ↑1,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1114 | ↑1,0256 | ↑1,0230 | ↑1,0262 | ↑4,0000 |
Namangan viloyati | ↑1059 | ↓0,9348 | ↑1,1194 | ↑1,0187 | ↑2,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1056 | ↓0,9343 | ↓0,8146 | ↑1,0125 | ↑6,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1014 | ↓0,9797 | ↑1,0470 | ↑1,0111 | ↑1,0000 |
Andijon viloyati | ↓944 | ↓0,9036 | ↓0,8994 | ↑1,0141 | ↑1,5000 |
Qashqadaryo viloyati | ↓910 | ↓0,9249 | ↓0,9133 | ↑1,0057 | ↓0,0000 |
Jizzax viloyati | ↓904 | ↓0,7971 | ↓0,9665 | ↑1,0163 | ↓0,5000 |
Xorazm viloyati | ↓889 | ↓0,8659 | ↓0,9151 | ↑1,0007 | ↓0,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↓832 | ↓0,8634 | ↓0,7123 | ↓0,9777 | ↑1,0000 |
Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan o‘zgarishi
Hududlar |
IFI | Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent | Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent | Tovar belgilari bo‘yicha komponent |
Toshkent shahri | ↑1397 | ↓0,9397 | ↑1,9249 | ↑1,1730 | ↑1,3523 |
Navoiy viloyati | ↑1375 | ↓0,6463 | ↑2,0000 | ↑1,4494 | ↑1,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1339 | ↓0,6766 | ↑2,0000 | ↑1,1750 | ↑1,4444 |
Sirdaryo viloyati | ↑1334 | ↓0,6558 | ↑2,0000 | ↑1,2463 | ↑1,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1307 | ↓0,6919 | ↑2,0000 | ↑1,2053 | ↓0,0000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1286 | ↓0,6568 | ↑2,0000 | ↑1,1639 | ↓0,0000 |
Namangan viloyati | ↑1231 | ↓0,7000 | ↑1,7695 | ↑1,2185 | ↓0,3333 |
Jizzax viloyati | ↑1226 | ↓0,6921 | ↑1,6223 | ↑1,3837 | ↑1,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1144 | ↓0,6460 | ↑1,1624 | ↑1,2428 | ↑6,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1126 | ↓0,7191 | ↑1,3583 | ↑1,3688 | ↑1,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1103 | ↓0,6299 | ↑1,1605 | ↑1,3540 | ↑4,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1024 | ↓0,6748 | ↑1,2702 | ↑1,2030 | ↓0,5000 |
Andijon viloyati | ↑1005 | ↓0,7423 | ↑1,0345 | ↑1,0966 | ↑3,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↓936 | ↓0,6866 | ↑1,1162 | ↑1,1316 | ↓0,0000 |
Ruslan Abdullayev,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish