Pandemiyada qiyin vaziyatga tushgan ayollar tadbirkorlikka yo‘naltiriladi

Pandemiyada qiyin vaziyatga tushgan ayollar tadbirkorlikka yo‘naltiriladi

1 mln 514 ming dollarlik loyihalar — pandemiyada qiyin vaziyatga tushgan ayollar tadbirkorlikka yo‘naltiriladi. Bu haqda AOKAdagi brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Guljamol Shukurova ma’lum qildi:

«O‘tgan davr mobaynida pandemiya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, «SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari» uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi ofisi, Koreya hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi ofisi, «Barqaror Xayot» xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi, Texnik hamkorlik va rivojlanish agentligining (ACTED) O‘zbekistondagi filiali bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Jumladan, ayni vaqtda BMTning Bolalar jamg‘armasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, BMTning Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda «COVID-19 ga qarshi chora-tadbirlar va uning asoratlari bilan kurashish» bo‘yicha 1 mln 514 ming AQSh dollari miqdorida loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida hozirga qadar pandemiya davrida qiyin vaziyatga tushib qolgan 300 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun 256 ta tikuv mashinasi, 387 ta mebel jihozi, 70 ta pishiriqlarni tayyorlashga mo‘ljallangan moslama, 240 ta sartaroshlik asbob-uskunalari berildi».

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar