2020 yilda 333 ming 450 nafar fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlangan. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar qildi.
Jamg‘armaning hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 mln 824 ming nafarni ya’ni aholi sonidagi ulushi 11,2 %ni tashkil qilgan holda 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 147,2 ming nafar yoki (4%)ga ko‘paygan.
Shundan, 2 mln 849 ming nafari (74,3%)ni yoshga doir pensiya, 386,5 ming nafari (10,1%)ni nogironlik pensiya, 189,1 ming nafari (5,0%)ni boquvchisini yo‘qotgan pensiya oluvchi oilalar va 400,3 ming nafari (10,6%)ni nafaqa oluvchilar tashkil qildi.
Pensiya jamg‘armasining 2020 yil uchun daromadlar rejasi 20 trln 134 mlrd so‘m bo‘lib, ijrosi 20 trln 592 mlrd so‘mni (shundan, soliqlardan tashqari tushumlar miqdori 176,2 mlrd so‘mni) tashkil etgan.
2021 yil 1 yanvar holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni to‘g‘risida ma’lumot
T/r | Pensiya va nafaqa oluvchilarning toifasi | Jami soni | shundan, yangi tayinlangan |
Jami: | 3 885 915 | 333 450 | |
1 | Yoshga doir pensiya oluvchilar | 2 849 007 | 224 140 |
2 | Nogironlik pensiya oluvchilar | 386 555 | 29 660 |
3 | Boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar | 189 067 | 21 309 |
4 | Nafaqa oluvchilar | 400 286 | 58 341 |
Shundan: | |||
4.1 | Yoshga doir nafaqa oluvchilar | 42 519 | 12 167 |
Izoh qoldirish