Poytaxtda yer narxining minimal qiymati belgilandi

Poytaxtda yer narxining minimal qiymati belgilandi

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huqiqini minimal qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unda Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan belgilangan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxi haqida ma’lumot berilgan.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi poytaxtimizda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.

Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar kesimida hamda tumanlar kesimi bo‘yicha narxlanadi.

Ilova orqali bu haqida atroflicha ma’lumot olish mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar