Poytaxtliklarning 20 mingdan ziyod masalasi hal etildi

Poytaxtliklarning 20 mingdan ziyod masalasi hal etildi

Faoliyat davomida shu kunga qadar poytaxtning 533 ta mahallasidagi 700 mingdan ziyod xonadondan 43% o‘rganildi. Uyma-uy yurish davomida 41 mingga yaqin muammolar aniqlanib, 20 mingdan ziyodi joyida hal etildi, qolgan masalalar bo‘yicha ishlar nazoratga olindi.

Ta’kidlash kerakki, aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida qator keng qamrovli ijobiy ishlar amalga oshirilyapti.

Jumladan, aholi orasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 7 487 nafar aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga 222,1 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 21 nafar fuqaroga 509 mln. so‘m kredit ajratildi.

Sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari bo‘yicha esa 8 011 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan 429 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizildi, 19 nafari respublika muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. 25 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizilib, yuqori texnologik amaliyot o‘tkazildi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan 146 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga bir marotabalik yordam sifatida 1,2 mln. so‘mdan jami 175,2 mln. so‘m moddiy yordam ajratildi.

Poytaxtning kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holati va ularni yaxshilash masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi.

Xususan, tumanlarda 15 ta gaz taqsimlash punktlari, 271 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, 6,3 km gaz tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida Toshkent shahrida 39 km yangi tarmoq tortilib, 5 ta transformator, 30 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi.

Shahar bo‘yicha 32,0 km eskirgan ichimlik suv tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga “Yashil makon” umummilliy loyihasining poytaxtda bajarilish ishlari ham guruh a’zolarining alohida nazoratida bo‘lib kelyapti.

Misol uchun, Chilonzor tumanida 4,3 km irrigatsiya tarmoqlari tozalanib, loyiha doirasida 3000 dona gul ko‘chatlari ekildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Olmazor – Chinoz”, “Yangi yo‘l – Paxta”, “Paxta – Olmazor” yo‘nalishlari, “Olmazor – Chinoz” bekatlari oralig‘ida jami 4,9 km temir yo‘l yoqalarida daraxt butalari oqlanib, yerga ishlov berilib, obodonlashtirish, hududni chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar