Tadbirkorlar O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini ijobiy baholamoqda-Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovi

Tadbirkorlar O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini ijobiy baholamoqda-Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovi

Joriy yilning oktyabr oyida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tadbirkorlarning o‘z biznesini rivojlantirish istiqbollarini qanday baholashlarini aniqlash maqsadida respublika bo‘ylab 1000 dan ortiq korxonalar bilan so‘rov o‘tkazdi.

So‘rov har oyda ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi: biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning kelgusi uch oy davomida o‘z biznesini rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.

Oktyabr oyida ishbilarmonlik muhitining umumiy ko‘rsatkichi 5 punktga o‘sdi va 61 punktni (-100 dan +100 gacha) tashkil qildi, bu esa mamlakatdagi biznes-iqlim holatini ijobiy deb baholaydi.

Tarmoqlar bo‘yicha xizmatlar sohasida ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi joriy yilning sentyabr oyiga nisbatan 4 punktga oshdi va 61 punktni tashkil etdi, qurilishda 7 punktga (65 punkt) o‘sish qayd etildi, eng yuqori o‘sish sanoatda kuzatildi va o‘tgan oyga nisbatan 9 punktni (oktyabr oyida 55 punkt) tashkil etdi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi joriy yilning oktyabr oyida 2 punktga biroz pasayishni ko‘rsatdi va 65 punktni tashkil etdi.

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichining oshishi indikatorning quyidagi tarkibiy qismlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq:

Joriy yilning oktyabr oyida biznesning hozirgi holati ko‘rsatkichi 8 punktga oshdi va 51 punktni tashkil etdi, bu esa tadbirkorlarning o‘z biznesining hozirgi holatiga nisbatan ijobiy kayfiyatini ifodalaydi. O‘tgan yilning oktyabr oyi bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 16 punktga oshgan.

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichidagi ijobiy o‘zgarishlar indikatorning quyidagi tarkibiy qismlaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq:

Biznesining hozirgi holatini yaxshi deb qayd etgan respondentlarning ulushi 48% (sentyabrda 45%) tashkil etdi. So‘nggi 3 oyda biznesning holati qanday o‘zgargani haqida savolga respondentlarning 44% – yaxshilandi (sentyabrda 42%), 45% – o‘zgarmadi (sentyabr – 46%) va 11% – yomonlashdi (sentyabrda 12%) deb qayd etdi.

Oktyabr oyida tovarlar/xizmatlarga bo‘lgan talab 53% korxonalarda yaxshilandi (sentyabrda 51%), xodimlar soni esa 31% korxonalarda (sentabrda 25%) oshdi.

Ishbilarmonlik muhiti joriy holati ko‘rsatkichining o‘sishi tadbirkorlar kayfiyatining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib sanoat sohasida – 47 punkt (sentyabrda 29 punkt), qurilishda – 59 punkt (sentyabrda 54 punkt) va xizmatlar sohasida – 48 punkt (sentyabrda 42 punkt) .

Oktyabr oyida biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi sentyabrga nisbatan bir pog‘onaga oshdi va 71 punktni tashkil etdi, bu esa tadbirkorlarning kelgusi 3 oy davomida o‘z biznesining rivojlanish istiqbollari haqidagi umidlarini optimistik tarzda aks ettiradi. Ta’kidlash joizki, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 punktga oshgan.

Tadbirkorlarning 76 foizi (sentyabrda – 74 foiz) biznes istiqbollari yaxshilanishiga ishonadi. Korxonalarning 62 foizida (sentyabrda - 65 foiz) tovar va xizmatlarga talab yaxshilanishi va xodimlar soni 62 foizga (sentyabrda - 60 foiz) oshishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, respondentlarning 21% (sentyabr-41%)yaqin kelajakda tovarlar/xizmatlar narxi qanday o‘zgarishini bilishmaydi.

Oktyabr oyida tarmoqlar kutish ko‘rsatkichi quyidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatdi: qishloq xo‘jaligi – 76 punkt (sentyabr – 78 p.), sanoat – 63 punkt (sentyabr – 59 p.), qurilish sektori 71 punkt (sentyabr – 61 p.) va xizmatlar – 74 punktni (sentyabr –73 p.) tashkil etdi.

Umuman olganda, mavjud vaziyat qadriyatlari va taxminlar o‘rtasidagi munosabatlar, tadbirkorlik sub’yektlarining taxminlariga ko‘ra, iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendensiya kelgusi 3 oy ichida davom yetishini anglatadi.

Umuman olganda, mavjud vaziyat va istiqboldagi kutilmalar o‘rtasidagi bog‘liqlik shuni anglatadiki, tadbirkorlik sub’yektlarining taxminlariga ko‘ra, iqtisodiyotni ijobiy rivojlantirish tendensiyasi keyingi 3 oy ham davom etadi.

So‘rovda qatnashgan tadbirkorlarning 30% dan ko‘prog‘i o‘z tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda hech qanday to‘siq yo‘qligini bildirgan.

Xavotirli muammolar orasida moliyalashtirish va yer uchastkalari, yuqori soliq stavkalari, pandemiya ta’siri, yuqori narxlar va xom ashyoning yetishmasligi va tovarlar/xizmatlarga bo‘lgan talabning pastligi kiradi.

Feruzbek Davletov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

*Tadqiqot haqida batafsil tahlil va to‘liq ma’lumot olish uchun Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga murojaat qiling.

Tel.: (+998) 78 150-02-02 (416) (417)

Tel.: (+998) 78 150-32-20


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar