Prezident mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqini berishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

Prezident mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqini berishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

Joriy yilning 22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Rsepublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Mazkur cheklovlar so‘nggi yillarda muomaladagi korporativ obligatsiyalar soni va hajmining keskin kamayishiga sabab bo‘ldi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, respublika iqtisodiyotiga aholi va investorlar bo‘sh mablag‘larini keng va faol jalb qilish, shu tariqa real sektor korxonalarining davlat kafolati va bank kreditlariga bog‘liqligini kamaytirish (bank sektoriga yuk kamayadi), shuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish imkonini beradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar

So'nggi yangiliklar