Prezident saylovi oktyabr oyiga ko‘chirildi

Prezident saylovi oktyabr oyiga ko‘chirildi

Qonunchilik palatasi deputatlari Prezident saylovlari sanasini o‘zgartirish va boshqa qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda "Yuksalish" umummilliy harakati xabar qilmoqda.

Xususan, siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasi davrida Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar uchun G‘aznachilikda hisobvaroq ochilmaydigan bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujjat Senatga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan saylov tizimini takomillashtirishga oid qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar