Qashqadaryo viloyatida GTL investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi

Qashqadaryo viloyatida GTL investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi

2019 yil 28 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida "Sho‘rtan GKM tozalangan metanga asoslangan bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish" investitsiya loyihasining qurilish maydonchasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri — A.S.Sultonov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Majlisda «O‘zbekneftgaz» AJ, «Uzbekistan GTL» MChJ, «Sho‘rtan GKM» MChJ rahbarlari, bosh pudratchi «HyundaiEngineeringLtd.» va «EnterEngineeringPte. Ltd.» konsorsiumi loyiha direksiyasi, loyihani boshqarish bo‘yicha maslahatchi «TechnipFMC» rahbarlari, shuningdek boshqa mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda “Sho‘rtan GKM tozalangan metanidan olingan sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirishning joriy holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, investitsiya loyihasini amalga oshirish faol bosqichga o‘tgan. Bugungi kunga kelib, shartnomani "tayyor holda" shartiga ko‘ra bajarish 80,4% ga yetdi, qurilish maydonchasiga 8 mingga yaqin ishchilar, 800 dan ortiq texnika safarbar qilingan. Asosiy texnologik uskunalarning 85% dan ortig‘i qurilish maydonchasiga yetkazib berildi va 25,5 ming tonnadan ortiq uskunalar bo‘lg‘usi zavodning texnologik zonasiga o‘rnatib bo‘lindi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish, qurilish maydonchasiga qo‘shimcha ishchilarni jalb qilish, shuningdek, investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar