2022 yilning yanvar-mart oylarida jami 2 294,2 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 104,7%ni (10-o‘rin), respublikadagi ulushi 2,0%ni (13-o‘rin) tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari G‘allaorol (206,4%), Zafarobod (140,3%), va Forish (110,8%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Arnasoy, Zomin, Yangiobod tumanlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan kam bo‘ldi.
Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 74,5% Jizzax shahri (29%), G‘allaorol (26,7%), Do‘stlik (9,5%) va Zafarobod (9,2%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
YaHM tarkibidagi sanoat ulushi keskin o‘sib 18,5%ni tashkil etdi va 2021 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 3,7 punktga o‘sdi.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 1,6 mln.so‘mni (10-o‘rin), o‘sish sur’atlari 102,2%ni (11-o‘rin) tashkil etdi.
Jizzax shahri (3,5 mln.so‘m), Zafarobod (4,1 mln.so‘m) va G‘allaorol (3,4 mln.so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Baxmal (0,12 mln.so‘m), Zomin (0,39 mln.so‘m) va Sharof Rashidov (0,46 mln.so‘m) va tumanlarida eng pastki ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Jami sanoat mahsulotlarining 94,1% qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tog‘-kon sanoati ulushi - 1,0%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim xosil qilish ulushi – 3,9%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 1,0%ni tashkil etdi.
Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (35,2%), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (11,5%), boshqa nometall meniral mahsulotlar ishlab chiqarish (12,6%), avtotransport vositalari, treyerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (26,9%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.
Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3 784 taga yetib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 16,0%ni tashkil etdi.
Shundan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 121 tani tashkil etib, jami XKI korxonalarning 56,3%ni tashkil etadi.
Ulug‘bek Xo‘jaqulov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish