Qashqadaryo viloyatining 2022 yil yakunlari bo‘yicha ichki savdo aylanmasi

Qashqadaryo viloyatining 2022 yil yakunlari bo‘yicha ichki savdo aylanmasi

Chakana savdo. Qashqadaryo viloyatining Chakana savdo aylanmasi hajmi 20504,8 mlrd. so‘m (112,5%), respublikadagi ulushi 6,4%ni bo‘lgan holda, hududlar orasida 6-o‘rinni egallagan. Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi chakana savdo hajmi 5951,2 ming so‘m (hududlar orasida 12-o‘rin)ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,1%ga oshgan.

Viloyatdagi chakana savdo tovar aylanmasi hajmini tuman (shahar)lar miqyosida tahlil qilsak, Qarshi shahri - 925,2 mlrd.so‘m, Chiroqchi - 424,5 mlrd.so‘m, Koson - 379,9 mlrd.so‘m, Shahrisabz shahri - 273,2 mlrd.so‘m, Kitob - 270,8 mlrd.so‘m, Qamashi - 198,3 mlrd.so‘m, Yakkabog‘ - 195,3 mlrd.so‘m, Qarshi - 143,4 mlrd.so‘m, G‘uzor - 147,2 mlrd.so‘m, Dehqonobod - 138 mlrd.so‘m, Shahrisabz - 137,7 mlrd.so‘m, Nishon - 131,4 mlrd.so‘m, Mirishkor - 126,4 mlrd.so‘m, Kasbi - 124,9 mlrd.so‘m, Muborak - 103,5 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.

Hududlar kesimida jon boshiga to‘g‘ri keluvchi chakana savda hajmi Kitob (5972,2 ming so‘m), Yakkabog‘ (11162,9 ming so‘m), Shahrisabz (24837,8 ming so‘m) tumanlarida viloyatdagi jon boshiga o‘rtacha chakana savdo hajmi yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Shuningdek, tuman (shahar)lar kesimida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan chakana savdoning o‘sish ko‘rsatkichi Shahrisabz (127,1%) va Kasbi (112,%)tumanlarida viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan sezilarli o‘sish kuzatilgan.

Viloyatda ulgurji savdo tovar aylanmasining umumiy qiymati 4975,2 mlrd.so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115%)ni tashkil qilgan.

Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo filiali yetakchi ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar