Viloyatda 2 746,4 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,1%ga oshgan. Respublika qishloq xo‘jaligida viloyatning ulushi 8,2% bo‘lgan holda, hududlar orasida 6-o‘rin (Sirdaryo viloyatidan 2,6 baravar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 2,5 baravar yuqori)ni egallagan.
Viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning tarkibiga ko‘ra dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari - 91,2%, fermer xo‘jaliklari - 6,4%, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar - 2,4%ni tashkil qilgan. Qishloq xo‘jaligida chorvachilikning ulushi - 89,5%, dehqonchilik - 6,2%, o‘rmon va baliqchilik - 4,3%ni tashkil qilgan.
Tuman (shahar)lar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini solishtiradigan bo‘lsak, Chiroqchi (387,7 mlrd so‘m), Kitob (254,5 mlrd so‘m), Shahrisabz (223,2 mlrd so‘m), Koson (218 mlrd so‘m), G‘uzor (215,7 mlrd so‘m), Qarshi (214,2 mlrd so‘m), Dehqonobod (194,8 mlrd so‘m), Yakkabog‘ (186,2 mlrd so‘m) tumanlari yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Qamashi (176,2 mlrd so‘m), Kasbi (171 mlrd so‘m), Nishon (155,5 mlrd so‘m), Muborak (146,3 mlrd so‘m), Mirishkor (141,7 mlrd so‘m) tumanlari, Qarshi (48,1 mlrd so‘m), Shahrisabz (13,3mlrd so‘m) shaharlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Shuningdek, birgina Chiroqchi tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Shahrisabz shahriga qaraganda 29 baravar, Qarshi shahridan esa 8 baravarga kattadir. Tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sish sur’atini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda, birgina Yakkabog‘ tumanida 2,9% ga kamayish kuzatilgan. Qolgan tuman (shahar)larda esa o‘sish ko‘rsatkichi uncha sezilarli bo‘lmagan.
Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 804,0 ming so‘mni (Respublika hududlari orasida 9-o‘rin), 2021 yilning mos davriga nisbatan 98,9 foizni tashkil qilgan.
Joriy yilning mos davrida viloyat bo‘yicha jami 364,2 tonna baliq ovlangan bo‘lib, shundan, 80,6%i Qarshi (37,2%), Nishon (29,4%), Mirishkor (14%) tumanlariga to‘g‘ri keladi. Qolgan qismi viloyatning Qamashi (7,5%), Kitob (4,3%), Shahrisabz (1,9%), Muborak va Chiroqchi (1,8%), Yakkabog‘ (1,4%) tumanlariga to‘g‘ri keladi. Viloyat ovlangan baliqlar hajmi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 10-o‘rinni va eng yuqori o‘rinda turuvchi Toshkent tumani ko‘rsatkichidan 9 baravarga past ko‘rsatkichni qayd etgan.
Viloyatda aholining daromadlari ko‘proq qishloq xo‘jaligiga bog‘liq bo‘lganligi sababli kelgusi besh yillik strategiyada urug‘lik va navlarni yaxshilash, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yangilash, yerlarni suv bilan barqaror ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmini 1,2 baravarga oshirish maqsad qilib belgilangan. Shuningdek, kelgusida chorvachilikni rivojlantirish maqsadida Kasbi, Mirishkor, Nishon va Koson tumanlarida klaster tizimi asosida 1000 boshdan kam bo‘lmagan yirik chorvachilik komplekslari tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish