Yalpi hududiy mahsulot. 2023 yil yakunida viloyatning yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 58,4 trln so‘mni (Respublika hududlari orasida 7-o‘rin), o‘sish ko‘rsatkichi 2022 yilning mos davriga nisbatan 105,0 foizni tashkil qilgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM xajmi 16,6 mln so‘mni tashkil qilgan.
YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari xizmatlar sohasida – 111%, sanoatda – 107,1%, qurilishda – 107%ni tashkil qilgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoatning ulushi – 17,1% (2022 y. - 17,4%), qishloq, o‘rmon va baliqchilik – 41,9% (2022 y. - 41,4%), qurilish – 6,9% (2022 y. - 6,8%) va xizmat ko‘rsatish sohasi 34,1% (2022 y. - 34,4%) ni tashkil qilgan.
Viloyatda yaratilgan YaHMning Respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 5,5% bo‘lgan holda Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridan keyingi 7-o‘rinni egallagan. Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha hududlar ichida 8-o‘rin, iste’mol tovarlari – 10-o‘rin, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 4-o‘rin, xizmat ko‘rsatish sohasi – 6–o‘rin, chakana savdo aylanmasi – 6-o‘rin, tashqi savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha – 12-o‘rinni egallagan.
YaHM da kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 68,4%ni tashkil qilgan.
2023 yilda viloyatda jami 5,9 mingta kichik biznes sub’yektlari yangidan tashkil qilinib, o‘tgan yilga nisbatan 30,8%ga kamayishi kuzatildi.
Izoh qoldirish