Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2023 yil yanvar-iyun oylari bo‘yicha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2023 yil yanvar-iyun oylari bo‘yicha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

2023 yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yalpi hududiy mahsuloti 2022 yil davrga nisbatan usish ko‘rsatmagan, jami 13,6 trln. so‘mni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi esa 6,8 mln. so‘mni tashkil etib, 2022 yil davrga nisbatan 1,4 foizga kamaygan.

2023 yilning yanvar-iyun oylarida hududda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 7,9 trln. so‘mni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 9,5 foizga kamaygan.

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2022 yilga nisbatan 12,7 foizga oshdi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida hududda 1,3 trln. so‘mlik xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida qishloq xo‘jaligida 2022 yilga nisbatan 3 foizga o‘sish kuzatildi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 4,4 trln. so‘mni tashkil etdi.

Shu bilan birga, xizmatlar sohasida sezilarli o‘sish sur’atlari kuzatildi va bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 9,6 foizni, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 5,8 trln. so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, 2022 yilga nisbatan chakana savdo aylanmasi 3,5 foizga oshib, 4,4 trln. so‘mni tashkil etdi.

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida, qurilish ishlarida o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 foizni tashkil etdi. Joriy yil davomida hududda 2,8 trln. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalarda ham o‘sish kuzatilib 4,2% ga o‘sdi va ular hajmi 4,7 trln. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxonalar sonida katta o‘zgarish sezildi. 2022 yilda 2227 ta yangi kichik biznes sub’yekti tashkil etilgan bulsa, joriy davrda 60,7% ga o‘sgan.

Tahlil qilinayotgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 233,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib,. o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,7 foizga kam. Hududda savdo balansida 34 mln. dollarlik ijobiy saldo qayd etilishiga qaramasdan, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga kamaydi va 133,8 mln. dollarni tashkil etdi, import esa hajmi 99,8 mln. dollarni tashkil etib 13,1 foizga kamaygan.

Salamat Begmanov

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar