Xususan, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari boshchiligida tezkor shtab va viloyatning 4 ta sektori kesimida ishchi guruhlar tashkil etilib, har bir guruhga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas’ul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.
Hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida, jami 12,6 km ichki yo‘llarga asfalt, beton qoplamasi yotqizish hamda shag‘allashtirish ishlari bajarildi.
Elektr ta’minotini yaxshilash uchun 101 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatish hamda 1,5 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash uchun yangidan 1 600 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.
Aholi sog‘lig‘ini saqlash masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi. Shofirkon tumani maqsadli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ko‘rik davomida 343 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan, tibbiy ko‘rik jarayonida 305 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi, 46 nafar bemorlarga tuman va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun bepul yo‘llanmalar berildi.
Aholi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik masalalarini hal etish maqsadida tijorat banklari tomonidan 719 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlariga 68 107,8 mln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 191 ta, xizmat ko‘rsatish sohasiga 6 ta, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish yo‘nalishida 10 ta, sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida 2 ta fuqaroga kredit mablag‘lari ajratildi.
Shuningdek, 5 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida ularning tikuvchilik kasbini egallaganligini inobatga olib, “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 23,5 mln. so‘mga tikuv mashinalari olib berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda nogironligi bo‘lgan 91 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan jami 120,1 mln. so‘m moddiy yordam pullari olib berildi, 3 nafar fuqaroga jami 19,2 mln. so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari evaziga tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun press asbob-uskunasi va umumiy ovqatlanish faoliyati uchun zarur bo‘lgan gaz plitalari topshirildi.
Ishlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish