Rosselxoznadzor Rossiyaga Farg‘ona viloyatidagi pomidorlarni olib kirishga ta’qiqni qisman bekor qildi

Rosselxoznadzor Rossiyaga Farg‘ona viloyatidagi pomidorlarni olib kirishga ta’qiqni qisman bekor qildi

Rosselxoznadzor 18 dekabrdan boshlab Rossiyaga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi yettita korxonadan pomidor va qalampir olib kirishga ruxsat berdi.

Qayd etilishicha, ushbu korxonalar mahsulotlarida 2020 yilda YeOIIga a’zo davlatlarning karantin ostidagi ob’yektlar, shuningdek, pomidorning jigarrang burishgan virusi aniqlanmagan.

Pomidorlarni quyidagi korxonalarga olib kirishga ruxsat beriladi:

  1. MChJ «Oltin daraxt» (Qushtepa tumani);
  2. «Farhod Rancho» FH (Quvasoy);
  3. MChJ «Fargona Ziyo quruvchi» (Quvasoy).
  4. Qalampirni olib kirishga ruxsat berilgan korxonalar:
  5. «Yangi to‘lqin» FH (Oltiariq tumani);
  6. MChJ «Jilokor Zamini» (Dang‘ara tumani);
  7. MChJ «Saodatli Dil Farovon» (Dang‘ara viloyati);
  8. MChJ Yo‘ldoshev Eldor (Beshariq viloyati).

«Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqarish maydonlarini o‘rganish va respublikaning ko‘rsatilgan mintaqasidagi issiqxonalarning holatini tahlil qilish natijalari to‘g‘risida berilgan ma’lumot asosida qabul qilindi», deyiladi xabarda.

Farg‘ona viloyatidan pomidor va qalampir olib kirishga taqiq 26 noyabrdan joriy qilingan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar