“Rossiya temir yo‘llari” o‘zbek meva va sabzavotlarini tashishga 50 foiz chegirma joriy etdi

“Rossiya temir yo‘llari” o‘zbek meva va sabzavotlarini tashishga 50 foiz chegirma joriy etdi

“Rossiya temir yo‘llari” OAJ yuk transporti tariflari darajasini pasaytirishga oid qaror qabul qildi. U, xususan, qora metallar, konteynerlar hamda meva va sabzavot mahsulotlariga taalluqli. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar O‘zbekiston hamda Tojikistondan Rossiyaga meva va sabzavotlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Rohi ohani Tochikiston” DUKka tegishli refrijatorli harakatlanuvchi tarkiblarda import tashuvlariga 50 foiz chegirma amal qiladi.

Shuningdek, Rossiya-Ozarbayjon chegarasi orqali qora metallar va don mahsulotlarini tashishga ham 50 foizli chegirma o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, 2021 yilning 1 iyulidan 31 oktyabriga qadar Rossiya ichidagi “Privoljsk” va “Shimoliy Kavkaz” temir yo‘llari stansiyasidan “Kuybishevsk”, “Moskva”, “Oktyabr”, “Gorkiy”, “Sverdlov” stansiyalariga 3 ming kilometrgacha bo‘lgan temir yo‘l masofalari uchun 41 foiz chegirma amal qiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar