O‘tgan hafta davomida, ya’ni 9 – 15 may kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 548,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 46,0% ga ko‘pdir. Bunda sotuvlarning 71,1% - birja savdolari; 0,5% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 28,2% - elektron davlat xaridlari va 0,2% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 676,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 93,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 133 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 3,4% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 6,3% ikkinchi; 6,0% uchinchi; 8,8% to‘rtinchi; 22,2% beshinchi va 53,2% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 811,3 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Sheluxa
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolari orqali 4 078,0 tonna sheluxa sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 18 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 019,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxaning kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 765,5 ming so‘mdan 2 552,7 ming so‘mgacha, ya’ni 7,7%ga pasaydi.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida sheluxa bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 2 946,3 ming so‘mni tashkil etdi.
Polietilen
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 2 545,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 636,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 20 336,0 ming so‘mdan 19 863,5 ming so‘mgacha, ya’ni 2,3% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 75 xaridor ishtirok etdi.
Qora metall
O‘tgan haftada 11 592,0 tonna qora metall birja savdolari orqali sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 140 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 898,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markadagi qora metallning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9 105,1 ming so‘mdan 8 993,6 ming so‘mgacha pasayganini ta’kidlash lozim.
Izoh qoldirish