Shakar ochik savdoga chiqarildi

Shakar ochik savdoga chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PQ-4484-sonli qarorining 1 bandiga muvofiq, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng ta’minlangan holda realizatsiya qilinadi, respublikaning olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarida joylashgan iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida o‘z savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizidan oshmaydigan hajmi bundan mustasno.

2020 yilgacha ishlab chiqarilgan shakarning cheklangan ma’lum qismi (ishlab chiqarish hajmining 12,5 – 13,5 foizi) ochiq birja savdolarida realizatsiya qilingan, qolgan qismi esa dillerlik tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotilgan.

Shunday qilib, o‘tgan yilda “Angren shakar” MChJ tomonidan jami bo‘lib 28,8 ming.tonna shakar birja savdolarida sotilgan bo‘lsa, 2020 yilning faqatgina yanvar oyida birja savdolariga 20,0 ming tonna shakar qo‘yilishi rejalashtirilgan. Xuddi shunday, “Xorazm shakar” MChJ tomonidan o‘tgan 2019 yilda birja savdolarida 27,4 ming tonna shakar sotilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar oyida 18,0 ming tonna shakar sotish rejalashtirilgan.

Birja savdolari orqali sotiladigan shakarning xajmini bir necha barorbar oshishi o‘z navbatida shakarga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish imkoniyatini beradi.

Bir vaqtni o‘zida, 13 ta mintaqaviy bo‘linma va 300 tadan ortiq savdo maydonchalaridan iborat bo‘lgan Respublika tovar-xomashyo birjasining rivojlangan infratuzilmasi shakar sotib olmoqchi bo‘lgan barcha ulgurji iste’molchilar va tadbirkorlarga birja savdolarida ishtirok etishni taklif qiladi.

Sizga qulay bo‘lgan savdo maydonchasini quyidagi yuklash yordamida topishingiz mumkin: http://b2b.uzex.uz/ru/marketplace#active.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
Matbuot xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar

So'nggi yangiliklar