Salomatlik aksiyalari davom etmoqda

Salomatlik aksiyalari davom etmoqda

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan salomatlik aksiyasi va sayyor tibbiy qabullar doirasida Yunusobod tumani 51-Oilaviy poliklinika hududiga qarashli “Xusniobod” mahallasida bosh shifokor G.I.Kodirova boshchiligida maqsadli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik tor mutaxasisslar kardiolog, endokrinolog, lor, okulist, jarroh, onkolog shifokorlari ishtirokida o‘tkazildi.

40 yoshdan oshgan aholi orasida glyukometriya tekshiruvlari o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikdan jami 92 nafar fuqaro o‘tkazilib, shulardan 6 nafar bemorga uyda tibbiy ko‘rik o‘tkazildi, bepul dori vositalari berildi. 2 nafar bemorga shahar shifoxonasida statsionar sharoitda davolanish uchun bepul yo‘llanma berildi. 5 nafar bemorga oilaviy poliklinika kunduzgi shifoxonasiga yo‘llanma berildi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar