Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 36 373,4 mlrd. so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 35 506,3 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 729,2 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 138,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,0%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Samarqand viloyatining ulushi 12,4%ni tashqil qildi.
Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Oqdaryo tumani (106,8%), Payariq tumani (106,0%), Paxtachi tumani (105,1%), Pastdarg‘om (105,0%) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, Samarqand (100,6%) shahar va Toyloq (100,7%) tumanlarida aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.
Shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Urgut (4 280 mlrd. so‘m) va Kattaqo‘rg‘on (3 735 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga Kattaqo‘rg‘on (171 mlrd. so‘m) va Samarqand (212 mlrd. so‘m) shaharlarini keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 8 760,2 ming so‘mni tashkil etdi.
Hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 35 286,4 mlrd. so‘mni (yoki o‘tgan 2022 yilning mos davriga nisbatan 102,9%ga o‘sishni) shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 18 548,3 mlrd. so‘m va chorvachilik mahsulotlari - 16 738,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 52,6% dehqonchilik, 47,4% chorvachilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 674 ming tonna donli ekinlar, 1 240,5 ming tonna sabzavotlar, 549,4 ming tonna kartoshka, 89,2 ming tonna poliz, 297,9 ming tonna meva va rezavorlar, 494 ming tonna uzum, shuningdek, chorvachilikda tirik vaznda 231,6 ming tonna go‘sht, 1 048,2 ming tonna sut, 1 030 mln. dona tuxum va 5,9 ming tonna baliqchilik ovlandi.
Izoh qoldirish