Infografika: Samarqand viloyatining 2022 yil yanvar-dekabr oylaridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

Infografika: Samarqand viloyatining 2022 yil yanvar-dekabr oylaridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

2022 yil yakunlariga ko‘ra Samarqand viloyati YaHM hajmi 62,4 trln. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 5,8%ga o‘sgan. Shuningdek, YaIM tarkibida viloyatning hissasi 7%ni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 15 323,2 ming so‘mni tashkil qilgan (o‘tgan mos davrga nisbatan 3,6% ga oshgan).

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 97,5%ini tashkil etgan bo‘lsa, mahsulotlarga sof soliqlar esa 2,5%ini tashkil etgan.

YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 22,1% (2021 yilda 20,3%), qishloq xo‘jaligi ulushi 40,5% (2021 yilda 43,8%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 37,4% (2021 yilda 35,9%) ni tashkil etgan.

Respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllanishida viloyatning hissasi ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 7%ni hamda asosiy kapitalga investitsiyalar kiritishda 8,2%ni tashkil etib 4-o‘rin, qurilish ishlari bo‘yicha 6,7%ni tashkil etib 3 o‘rinni va qishloq xo‘jaligi sohasida 12,1%ni tashkil etib, 1 o‘rinni egallagan.

2022 yilda kichik tadbirkorlikning hajmi 43,4 trln. so‘mni tashkil etib (2021 yilda 38,4 trln.), YaHMdagi ulushi 71,4%ni tashkil qildi (2021 yilda 74,1%). Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan bog‘liq.

Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar