Ishbilarmonlik muhiti – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yildan buyon o‘tkazilayotgan so‘rovda ishtirok etayotgan korxonalarning baholashlari asosida har oyda hisoblab chiqiladigan tahliliy ko‘rsatkichdir. Mamlakat bo‘ylab 1000 ta biznes vakillari har oyda o‘tkaziladigan so‘rovlarda qatnashadilar. Olingan ma’lumotlarning ahamiyati uning samaradorligidir. Javoblar asosida biznes sharoitlari va kelajak istiqbollarini hisobga olgan holda ishbilarmonlik muhitining umumiy ko‘rsatkichi hisoblab chiqiladi.
Ishbilarmonlik msuhitining jamlangan ko‘rsatkichi
Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlili umumiy indikator 2023 yilda keskin tebranishlarga uchramagani va ijobiyligicha qolganini ko‘rsatdi. Faqat iyul oyida 65 punktgacha keskin o‘zgarish yuz berdi, noyabr oyida esa ishbilarmonlik faolligining 52 punktgacha eng katta pasayishi qayd etildi.
2023 yilning birinchi choragi asosan qishloq xo‘jaligi va xizmatlarining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishbilarmonlik optimizmining izchil o‘sishi bilan ajralib turdi.
2023 yilda ishbilarmonlik muhiti indikatorining dinamikasi
Keyingi oylarda, optimizm darajasi to‘g‘irlandi, jumladan, iyun oyigacha umumiy ko‘rsatkich 57 punktga tushib, iyul oyida 65 punktga yetdi. Qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘rsatkichlarning sezilarli o‘sishi hisobiga – 70 va 67 punktgacha eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi.
Shu bilan birga, iyul oyidagi so‘rov natijalari qurilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 80 punkt darajasida biznes optimizmining oshganini ko‘rsatdi.
Avgustdan dekabrgacha ishbilarmonlik muhitining umumiy ko‘rsatkichi o‘rtacha 54 punktni tashkil etdi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasida 59 punktgacha ijobiy tebranishlar kuzatildi.
Shuningdek, tadqiqotda yil oxiriga kelib sanoat va qurilish sohalarida ishbilarmonlik muhitidagi o‘zgarishlarni baholashda biroz pasayish kuzatildi. Xususan, sentyabrdan dekabrgacha sanoatdagi ishbilarmonlik muhiti 57 punktdan 42 punktga, qurilishda esa oktyabr oyidagi 53 punktdan dekabrda 45 punktga pasaydi, bu esa mazkur tarmoqlardagi hozirgi holatning yomonlashgani bilan bog‘liq.
Ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati
Yil davomida biznesning hozirgi holatini yaxshilashga qishloq xo‘jaligi - 59 p.gacha va xizmatlar - 55 p.gacha asosiy hissa qo‘shdi.
Yanvardan martgacha barcha sohalarda ishbilarmonlik muhitining hozirgi holati, qurilishdan tashqari, umumiy o‘sish tendensiyasini aks ettiradi. Bunday barqaror rivojlanish faqat sanoat sohasida davom etdi, boshqa tarmoqlarda tebranishlar kuzatildi.
Avgustdan dekabrgacha biznesning hozirgi holati 43 punkt darajasida barqarorlashdi. Faqat qishloq xo‘jaligi sohasida sezilarli sakrash: sentyabr oyida 25 punktdan 51 punktgacha o‘sish va dekabr oyida 36 punktgachatuzatishkuzatildi. Boshqa tomondan, qurilish sektori sentyabr oyida 58 punktdan dekabr oyida 32 punktgacha o‘rtacha pasayishni ko‘rsatdi.
Yil davomida biznesning hozirgi holatini yaxshi deb baholagan tadbirkorlarning ulushi 40%dan 47%gacha o‘zgargan. Shu bilan birga, sanoat tarmoqlari o‘rtasida joriy ishbilarmonlik holatining eng yuqori darajasi qishloq xo‘jaligi sohasida – fevral va iyun oylarida 52%, eng past ko‘rsatkich qurilish sohasida– fevral oyida 27% qayd etildi.
Biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish
2023 yilning dastlabki uch oyida biznesni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha kutilmalarning umumiy ko‘rsatkichi o‘rtacha 72 punktda saqlanib qoldi, bu tadbirkorlar o‘rtasidagi juda yuqori darajadagi optimizmni ko‘rsatdi.
Yil davomida kompaniyalarning kutilmalari yuqori darajada saqlanib qoldi. Xususan, avgust oyigacha bu ko‘rsatkich sezilarli tebranishlarsiz 80 punktgacha saqlanib qoldi va faqat yil oxiriga kelib pasaygan holda 61 punktdan 66 punktgacha o‘zgardi.
2023 yilning yanvar-aprel oyilari yakunlariga ko‘ra, kelgusi uch oyda o‘z biznesining umumiy ahvoli yaxshilanishini kutayotgan kompaniyalar ulushi yuqori darajada - 81%ga, yil oxiriga kelib esa 72%gacha barqarorlashdi.
Xizmat ko‘rsatish sohasi umumiy tendensiyasidan alohida tebranishlarni ko‘rsatdi: yanvar oyida 78%dan may oyida 73%gacha va avgustdagi 80%dan oktyabrda 68%gacha yuqori darajada saqlanib qoldi.
Har oyda joriy holat va kutilmalar o‘rtasidagi munosabatlar keyingi uch oy davomida saqlanib qolgan iqtisodiy rivojlanishning ijobiy tendensiyasini ko‘rsatdi.
Biznes yuritish uchun to‘siqlar
Yil yakuni bo‘yicha ishbilarmon doiralar tomonidan to‘siqlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, tadbirkorlarning o‘rtacha 53%i biznes yuritishda hech qanday to‘siq yo‘qligini ta’kidlagan. Bu ko‘rsatkich asta-sekin o‘sishni boshlashdan oldin yilning dastlabki to‘rt oyida 49% da saqlanib, iyun oyida maksimal 58%ga yetdi. Yil oxiriga kelib, kichik oraliq sakrash bilan boshlang‘ich darajaga o‘rtacha pasayish kuzatildi.
Biznesni yuritishga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarga quyidagilar kiradi: moliyalashtirishdan foydalanishda qiyinchiliklar, bu haqda kompaniya rahbarlarining 15%i ma’lum qilgan va yer uchastkalari – 7%; soliq ma’muriyati – 7%; yuqori soliq stavkalari – 6%; elektr ta’minoti – 6%.
Sanoat sektori tadbirkorlarini moliyalashtirishdan foydalanish borasidagi qiyinchiliklar xavotirga solgan bo‘lsa, so‘rovda qatnashganlarning o‘rtacha 19 foizini, bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi vakillarining o‘rtacha 10 foizini suv ta’minoti bilan bog‘liq to‘siqlar tashvishlantirgan. Yil davomida qurilish sektori boshqa tarmoqlarga qaraganda ko‘proq to‘siq sifatida soliq ma’muriyatchiligini -7 foiz va korrupsiyani - 3 foiz ko‘rsatgan.
Feruzbek Davletov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Tel.: (+998) 78 150-02-02 (416)
Izoh qoldirish